Mukhidin.narod.ru
X U S H K E L I B S I Z
 ALL ABOUT ME
  Yoshlikni eslab...
  Photolar...
  Do`stlar davrasi...
  Shajaram...
 MUQADDAS DINIMIZ HAQIDA IKKI OG'IZ... 

Idb_logo.gif (30125 bytes)OLLOHGA BEHISOB SHUKUR

Assalomu alaykum saytimga tashrif buyurgan do'stim.
O`n sakkiz ming olam ichra bizning mo`jaz zamiminimizni-da yaratgan Allohga behisob shukurlar aytingkim, sakkiz muchangiz sog' holda kampyuter qarshisida o'tiribsiz. Fursatdan foydalanib sizga "ISLOM" dini xususida 1, 2 og'iz bilganlarimdan aytib o'tsam, shoyatki avval eshitmaganlaringizdan habar topsangiz. Agar eshitgan bo'lsangiz qayta yodingizga tushursamda o'zimni bahtiyor his etaman. Zero musulmon axlining eng maqbul hislatlaridan biri o'zlariga ravo ko'rgan ishni boshqalargada hush bilish yohud bilganlarini boshqalarga etkazishdir.
Islom dinidaman, shuni o'zi yetarli deya yurish chin musulmonga xos emas. Barcha ishda bo'lgani kabi muqaddas dinimizda ham rioya qilishimiz lozim bo'lgan tartib-qoidalar, bajarishimiz lozim bo'lgan vazifalar mavjud
Rasulilloh sallallohu alayhi va sallam: "Har bir musulmonnig ikkinchi bir musulmonda beshta haqi bordir",-deganlar. Bular quyidagilar; Salomiga alik olmoq, kasal bo'lsa borib ko'rmoq, vafot etsa, janozasida qatnashmoq, da'vatiga javob bermoq, aksa urib "Alhamdulilloh" desa "Yarhamukalloh" demoq.
Ko'cha kuyda, do'stlar davrasida faqatgina o'z hayollarimiz og'ushida emas, yaqinlarimizningda og'irini yengil qilish hususida o'ylamoqlik go'zal ammallarning debochasidir. Katta yohud kichik davralarda ikki kishining o'zaro pichirlashib (faqatgina o'zlari tushungan holda) gaplashishlari xarom ekanligini ham bilib qo'yganingiz ma'qul. Ko'p hollarda guruhlar ichida 2, 3 kishining boshqalar tushunmaydigan holda kulushishlarini tez-tez kuzatib turamiz.
Musulmon ahlining eng asosiy farzlaridsan biri namoz ibodatini ado etmoqlikdir. Bu haqida ko'plab hadislar keltirilgan. Bir hadisda Rasuli akram (s.a.v) shunday deydilar:" Menga buroq keltirildi. U eshakdan balandroq, xachirdan esa pastroq hayvon bo'lib, yugurganda tuyog'ini ko'zi etgan joyga tashlab sakrar edi. unga minib bir lahzada Baytul-Muqaddasga etdim. Masjidga kirib, ikki rakat namoz o'qib chiqdim. Menga Jabroil bir idishda sharob, ikkinchi ikkinchi idishda sut keltirib tutdi. Men sutni olgan edim, Jabroil: "Islomni tanladingiz"-dedi. Keyin biz osmongs ko'tarildik. Birinchi osmonda men Odam alayhisalom bilan ko'rishdim. Ikkinchi osmonda Iyso va Yahyo payg'ambarlar bilan uchrashdim. Uchinchi osmonda Yusufni ko'rdim. To'rtinchi osmonda Idrisni, beshinchida Horunni, oltinchida Muso payg'ambarni ziyorat qilib, duolarini oldim. Ettinchi osmonda Ibrohim alayhisalom Bayt ul-ma'murga suyanib turganlarini, bu ma'voga har kuni etmish ming farishta kirib, ziyorat qilib ketayotganini ko'rdim. So'ng "Sidrat ul-muntaho" daraxti yoniga keldim. Allohninig amri bilan bu daraxt shunday holga kelgan ediki, uni ta'riflashga insonnning tili ojiz. Alloh shu yerda meni ummatimga ellik vaqt namozni farz qildi. Men Musoni yoniga tushdim va ummatimga buyurilgan farz amalni aytdim. Muso alayhisalom:
"Ummatingiz bu amalni bajara olmaydi, Allohdan engillashtirishni so'rang",- qaytardi. Men Muso bilan Alloh o'rtasida chunon qatnadimki, nihoyat, Alloh dedi: " Ey Muhammad, sizning ummatingiz uchun har kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qildim va uni ellik vaqt o'rnida qabul qilaman". Muso meni yana qaytardi, men endi Allohdan hayo qilaman, besh vaqt namozning farzligiga rozi bo'ldim"
shunday qilib, namoz musulmonlarga buyurilgan ibodatlarning indallosidir. Oxiratda ham birinchi bo'lib so'raladigan amal namozdir. Bu haqda Rasulilloh (s.a.v) shunday deganlar: "Qyomayt kuni bandadan birinchi hisob so'raladigan amal namozdir, agar namozi to'g'ri bo'lsa, boshqa amallari ham yahshi bo'ladi. Namozi to'g'ri bo'lmasa, boshqa amallari ham fasod bo'ladi".
Aytilgan hikmatlar sizning ijroingizga mushtoq. Shunaqa gaplar...

ALI_mbaev

 

Copyright ALI_mbaev  

Сайт управляется системой uCoz
Сайт управляется системой uCoz

Sayt yuzasidan fikr-takliflar bo`lsa alicoolciy@yahoo.com pochta manziliga yuboring